Vengriyada Ukrainadagi vaziyat sababli favqulodda holat joriy etiladi

Jahon 22:58 / 24.05.2022 9430

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi vaziyat sababli mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilishini e’lon qildi.

"Hukumat konstitutsiyaga muvofiq bugundan boshlab harbiy favqulodda holat e’lon qilish huquqini amalga oshiradi. Bu koronavirus epidemiyasi vaqtida joriy etilgan favqulodda holat singari hukumatga Vengriya va venger oilalarini har qanday vositalar yordamida zudlik bilan himoya qilish imkonini beradi", — dedi u Facebook sahifasida qilgan murojaatida. 

Vengriya hukumati rahbarining qayd etishicha, Ukrainadagi vaziyat Vengriya xavfsizligi, energiya ta’minoti hamda iqtisodiyot va oilalar moliyaviy xavfsizligini xatarga qo‘yadi.

Vazirlar mahkamasining ilk qarorlari ertaga e’lon qilinadi, dedi Orban.

Ko‘proq yangiliklar: