Tibbiyotdagi innovatsiyalar: robotlarning shifokor va bemorga qanday yordami tegmoqda?

O‘zbekiston 12:00 / 24.05.2022 6244

Anadolu tibbiyot markazi mutaxassislari robotlashtirilgan qurilma yordamida bajariladigan operatsiyalar va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berishmoqchi.

Zamonaviy tibbiyot kundan kunga rivojlanib bormoqda va innovatsion uslubdagi davo muolajalari amaliyotga tobora kengroq tatbiq qilinmoqda. Bugungi kunda Da Vinci roboti yordamida reabilitatsiya jarayoni uzoq davom etadigan murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish imkoni mavjud. Robot jarrohlik aralashuvining muvaffaqiyatini ta’minlash bilan birga, amaliyotdan so‘ng bemorning jismoniy jihatdan tez tiklanishi va odatiy hayot tarziga qaytishida yordam beradi.

Amerikaning jahonga mashhur Jons Hopkins Medicine klinikasi bilan hamkorlikda yaratilgan va faoliyat yuritayotgan Anadolu tibbiyot markazi (Istanbul, Turkiya) mutaxassislari yangi usulning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

Albatta, operatsiyalarni, robotning bir o‘zi amalga oshirmaydi – ularni jarroh masofadan turib boshqaradi. Biroq robotlashtirilgan qurilmadan foydalanish orqali jarroh bemor uchun minimal shikastli usulda hatto eng murakkab operatsiyalarni ham o‘ta aniqlik bilan muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin.

Jarroh operatsiyani masofadan turib, robotning to‘rt qo‘lini konsol yordamida boshqargan holda olib boradi. Har bir manipulyatorning o‘z vazifasi bor – ular skalpel, tutqich, koagulator va aspirator vazifasini bajaradi.

Ikki manipulyator – bu jarrohning ikki “qo‘li” bo‘lib, ular yordamida operatsiya amalga oshiriladi. Darvoqe, robot “qo‘l”lari inson qo‘li yetib bora olmaydigan joylarga ham kirishi mumkin, bu esa amaliyotning yanada samaraliligi va aniqligini ta’minlaydi.

Uchinchisi – tasvirni jarroh uchun 3D shaklda konsolga uzatuvchi kameradir. Agar kerak bo‘lsa, u tasvirni 10 barobar kattalashtirib ko‘rsatishi mumkin.

To‘rtinchi manipulyator jarrohga to‘sqinlik qiluvchi to‘qimalarni olib tashlash uchun zarur. Robot manipulyatorlari 540 darajali o‘lchamda harakatlana oladi va inson qo‘llari bajaradigan barcha harakatlarni uddalaydi.

Shifokorning o‘zi bu vaqtda bemordan bir necha metr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, konsol yordamida u robotning “qo‘l”larini harakatdan to‘xtatishi yoxud u yoki bu hududga ko‘chirishi mumkin. Ayni damda bemorning yonida yana bir shifokor turadi – u robotga operatsiya uchun barcha zarur vositalarni uzatadi.

Ushbu usulning afzalliklari juda ham ko‘p. Bemor uchun afzalligi shundaki, operatsiya uning tanasidagi bir nechta kichik kesmalar orqaligina o‘tkaziladi. Bu estetik jihatdan afzal bo‘libgina qolmay, jarohat o‘rni bitishida ham kamroq vaqt talab etadi. Qolaversa, qon yo‘qotish, og‘riq, infeksiya xavfi kabi operatsiyadan keyingi asoratlar sezilarli darajada kamayadi. Ushbu turdagi jarrohlik aralashuvidan so‘ng tiklanish jarayoni ancha tez kechadi, bu shifoxonaga yotgach, bir necha kun o‘tib, odatiy hayot tarziga qaytish imkoni demakdir.

Urologiyada robot prostata saratonidagi o‘simtani tez va kam shikastli tarzda olib tashlash, buyrak saratonidan xalos etish yoki zarurat tug‘ilganida buyrak yoxud peshob kanalining o‘zini olib tashlash, shuningdek, ayollarda siydik pufagi tushishini korreksiyalash imkonini beradi.

Yana bir soha – umumiy jarrohlik bo‘lib, robototexnika yordamida oshqozon, ichak, qizilo‘ngach, taloq, jigar va o‘t yo‘llari, endokrin tizim a’zolarini operatsiya qilish mumkin.

Yurak qon-tomir jarrohligida ham robotning xizmati beqiyos. Chunki uning yordamida ko‘krak qafasini kesmay turib, faqat kichik teshiklar ochgan holda jarrohlik aralashuvini amalga oshirish imkoni bor. Ushbu usuldagi amaliyotdan so‘ng bemor odatiy hayot tarziga ancha tez qaytadi.

Istanbulda joylashgan Anadolu tibbiyot markazida uzoq vaqtdan beri yuqorida tilga olingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha robotlashtirilgan operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

“Bu usul amalda juda yaxshi samara berdi. Maksimal aniqlik talab qiladigan eng murakkab operatsiyalarda ham ajoyib natijalarga erishdik va an’anaviy ochiq jarrohlikdan farqli o‘laroq, bunda bemor tez tuzalib, kundalik hayot tarziga tez qaytmoqda”, deydi onkourologiya bo‘limi mudiri, onkojarroh Ilker Tinay.

Siz Anadolu tibbiyot markazining Toshkentdagi rasmiy vakolatxonasiga so‘rov yuborish orqali onkologiyaga qarshi kurashning eng so‘nggi usullari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz, shuningdek, kasalligingiz va sizga tavsiya etilgan muolaja bo‘yicha shifokorlardan bepul maslahatlar olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90-114-46-66,   (+905) 30-954-30-22.

Ye-mail: anadolu.tashkent@anadolusaglik.org

Cayt: anadolumedicalcenter.ru

Facebook: fb.com/anadolumedical.official

Instagram: @anadolumedicalcenter_ru

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: