“Tadbirkorlar maktabi”ga qabul e’lon qilindi

O‘zbekiston 17:00 / 24.05.2022 4023

Tadbirkorlar maktabi – O‘zbekistondagi ilk qurilish materiallari sohasida innovatsion salohiyatga ega bilim va malaka beradigan maktab bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 72 soatga mo‘ljallangan o‘quv rejalar asosida respublikadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka, ko‘nikmaga hamda katta tajribaga ega fan doktorlari, fan nomzodlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

Tinglovchilar zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirilib, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda qurilish materiallarining sifat ko‘rsatkichlari muvofiqligini sinovdan o‘tkazish ishlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu kurslarda tinglovchilar qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, joriy biznesni zamonaviy asosda tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini o‘taydilar.

Maktab faoliyati davomida tadbirkorlik sub’yektlari va manfaatdor aholi vakillarining qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilish bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi. Buning uchun o‘quv markazi zarur ta’lim vositalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan bo‘lib, yetarli adabiyotlar fondi ham shakllantirilgan.

O‘quv kurslari mutlaqo bepul, imkoniyatdan foydalaning! O‘quv kursini yakunlagan tinglovchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Quyidagi manzillar orqali tadbirkorlar maktabida o‘qish haqida batafsil ma’lumot olishingiz va o‘qish uchun so‘rovnoma to‘ldirishingiz mumkin.

Shoshiling, qabul soni cheklangan!

Sayt: tadbirkormaktab.uz

Telegram: +99897 727-87-84

Telefon: +998971 254-92-01, +99897 727-87-84, +99893 336-44-37.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: