Stoltenberg Turkiyaning xavotirlarini hisobga olish kerakligini aytdi

Jahon 17:37 / 24.05.2022 10045

Yyens Stoltenbergning qayd etishicha, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi kollektiv xavfsizlikni kuchaytiradi hamda YeI va alyans o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.

Alyans bosh kotibi avvalroq Rossiya G‘arbdan NATO bloki kengayishidan voz kechish bo‘yicha kafolat berishni ultimatum tarzida talab qilganini aytdi.

«Rossiya o‘z chegaralari oldida NATO kuchlari kamroq bo‘lishini istadi va urush boshladi. Ammo bugun Rossiya chegaralari oldida alyans kuchlari ancha ko‘p. Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizalari tarixiy ahamiyatga ega. Men shuningdek, Turkiyaning xavotirlarini ham tushunaman. Buni unutmasligimiz lozim. NATOning hech bir a’zosi terrorchilik hujumlaridan Turkiyachalik jabr ko‘rmagan va hech bir ittifoqchi qochqinlarni Turkiyachalik ko‘p qabul qilmagan. Shuning uchun muloqot stoliga o‘tirishimiz va yechim topishimiz kerak», - dedi Stoltenberg.

U Turkiya ham AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada singari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab kelayotganini eslatib o‘tdi.

Finlandiya va Shvetsiya 18 may kuni NATOga kirish uchun ariza topshirdi. Anqara bu mamlakatlarni terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, ularning alyansga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: