Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinadi

O‘zbekiston 07:12 / 24.05.2022 1775

Qayd etilishicha, prezident topshirig‘iga ko‘ra ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganildi. Shu asosda sportchilarni professional tayyorlash bo‘yicha quyidagi tizim joriy etiladi:

  • kollejlar har bir viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi;
  • markazlar huzurida 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10-11-sinflar va 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo‘ladi;
  • bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinib, ta’lim oladi va chuqurlashtirilgan sport bilan shug‘ullanadi; 
  • ixtisoslashgan sport maktablari bitiruvchilari kollejlarga 1-kursga qabul qilinib, tayyorgarlikning uzluksiz tizimi yaratiladi;
  • Sport vazirligi huzurida ilg‘or trener va xorijiy ekspertlardan iborat Murabbiylar kengashi tashkil etilib, musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilarni kollejlarga saralab oladi;    
  • kollej bitiruvchilari Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.
Ko‘proq yangiliklar: