BAAda maymun bezgagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi 

Jahon 21:41 / 24.05.2022 5648

BAA sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun bezgagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.

"G‘arbiy Afrikadan BAAga kelgan 29 yoshli ayolda maymun bezgagi kasalligi aniqlandi, u tibbiy kuzatuv ostida va kerakli tibbiy yordamni olmoqda", - deyiladi agentlik xabarida. 

20 may kuni Germaniyada infeksiyaning birinchi holati aniqlangan. Bungacha Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Belgiyada bu kasallikni yuqtirish bilan bog‘liq holatlar kuzatilgandi.

Hozirgi kunga qadar Yevropa va Shimoliy Amerikada odamlarda maymun chechagi infeksiyasining yuzdan ortiq holatlari qayd etilgan.

Germaniyada maymun chechagi kasalligini yuqtirganlar uchun 21 kunlik  karantin joriy etildi.

Ko‘proq yangiliklar: