Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 21:19 / 24.05.2022 10338

Prezident qaroriga muvofiq To‘lqin Sayfullayevich Abdusattorov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

U Intellektual mulk agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.

To‘lqin Abdusattorov 1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2019 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi bo‘lgan, 2019 yil sentabrida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: