UzAuto Turin politexnika universiteti (Italiya) bilan birgalikda O‘zbekistonda yirik industrial ta’lim tizimini yaratadi

Jamiyat 17:00 / 23.05.2022 6813

2022 yilning 16–19 may kunlari UzAuto taklifiga binoan, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati hamda boshqa ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar bazasini yaratish maqsadida Italiyaning Turin politexnika universiteti (ITPU) delegatsiyasi javob tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi hamda o‘rinbosarlarining Turin politexnika universiteti rektori, professor Guido Sarakko boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi bilan uchrashuvi davomida, professor Anita Tabakko va Competence Industry Production bosh direktori Enriko Pisino bilan hamkorlikda soha kadrlarini tayyorlashni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim strategik qarorlar qabul qilindi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning barcha sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos bo‘ladigan xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlashning dual tizimini yaratish muzokaralar mavzusi bo‘ldi. Muzokaralar davomida UzAuto tizimidagi ta’lim muassasalarini yagona tizimga birlashtirish va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq yaratilgan o‘quv dasturi asosida yangi o‘quv markazlarini tashkil etish taklif etildi.

Ishlab chiqarish mutaxassislarini tayyorlashga yondashuvning o‘ziga xos xususiyati 9-sinfdan keyin o‘rta maxsus ta’lim muassasasidan boshlab, UzAuto tizimidagi oliy o‘quv yurtlari va akademiyalarida o‘qitish yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish va o‘quv jarayonlarining to‘liq sinergiyasi mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi darajasini yangi bosqichga olib chiqadi va o‘quv jarayoni yakunida natijalarga erishishga tayyor bo‘lgan mutaxassislar qabul qilish imkonini beradi.

Yevropaning yirik sanoat universiteti ITPU vakillarining taklif etilgan qarorlari orasida Asakadagi zavod ishlab chiqarish quvvatlari negizida korxonaning aniq vazifalariga yo‘naltirilgan dasturi joriy texnologiyalar va zamonaviy ishlab chiqarish tendensiyalari bilan sinxronlashtiriladigan “UzAuto Akademiyasi” dual ta’lim va malaka oshirish markazini tashkil etish bo‘ldi. Ma’lumot uchun, bugungi kunda Germaniyada ham xuddi shunday dastur doirasida yiliga 700 000 nafar mutaxassis o‘z malakasini oshirmoqda.

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yuritayotgan 28 ming nafar xodimdan 70 foizi malaka oshirishga muhtoj. Bundan tashqari, sohaga har yili 1 000–1 500 yangi mutaxassis talab qilinadi. Barcha tarmoqlar bo‘yicha respublika kesimida bu ma’lumotlar juda katta songa yetadi. Ushbu muammoni nafaqat avtomobilsozlik, balki boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida ham hal qilish uchun Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Andijon shahrida “Industry 4.0” ilg‘or texnologiyalariga yo‘naltirilgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ishlab chiqarish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash dasturi butun dunyodagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida amaliy seminarlar va vebinarlar tashkil etish orqali amaldagi mutaxassislarning malakasini muntazam oshirib borishni o‘z ichiga oladi, buning samarasi respublikamizning barcha tarmoqlarida namoyon bo‘ladi.

Loyihani amalga oshirish jarayonini o‘rganish maqsadida Italiya delegatsiyasi tashrifi dasturiga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurish kiritilgan. O‘zbekiston profil o‘quv muassasalarining avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha avtomobilsozlik sohasida jahon yetakchisi bilan yaqin hamkorligi, avtomobilsozlik sohasi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yuqori toifali va raqobatbardosh konveyerni shakllantirish istiqbollarini ochib beradi.

Italiyalik hamkorlar bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, robotlashtirish, loyihalash va jihozlashda qo‘llab-quvvatlanish bo‘ladi. Dastur CRM 4.0 Competence Center (Italiya) bilan birgalikda amalga oshiriladi va unda mavjud ishlab chiqarish muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini ishlab chiqish vazifasi bo‘ladi. Dastur CRM 4.0 Competence Center (Italiya) bilan birgalikda amalga oshiriladi, uning doirasida mavjud ishlab chiqarish muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini ishlab chiqish vazifali texnologik markaz tashkil etiladi.

Delegatsiya tashrifi dasturiga «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov, boshqaruv raisi o‘rinbosari Farhod To‘rayev hamda korxona rahbarlari tomonidan Toshkent, Asaka, Andijon va Farg‘onadagi UzAuto tarkibiy korxonalariga tashrif kiritilgan. Italiya ishchi guruhi vakillari tomonidan barcha jarayonlarni o‘rganish natijasi kelgusi besh yilga mo‘ljallangan strategik hamkorlik loyihasi bo‘ladi.

Tashrif doirasida italiyalik hamkorlar Andijonda joylashgan “Uz Koram Ko”, “O`zERAE Climate Control”, “O'zAuto-Austem”, “Uz-Tong Heung Co”, Farg‘onadagi “AvtoOyna”, Toshkentdagi “UzAuto Motors Powertrain” va “UzAuto Cepla” mahalliylashtirish korxonalariga tashrif buyurishdi. “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi joriy yilning aprel oyida Italiyaga tashrifida erishilgan kelishuv doirasidagi italiyalik hamkorlarning barcha ishlab chiqarish jarayonlariga, mutaxassislarning zarur kompetensiyalariga va mavjud salohiyatga bo‘lgan yuqori qiziqishi kelajakdagi qo‘shma loyihalarga jiddiy yondashish bilan bog‘liq. 

Har bir korxonaga tashrif doirasida mehmonlarga ishlab chiqarishning kadrlar masalalari – amaldagi mutaxassislar va kadrlar yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelayotgan muammolar, italiyalik sheriklar bilan hamkorlikning erishilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda tarmoqda ishlab chiqarish sohasida tor mutaxassislar ishtirokini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Bunday mutaxassislarni chet eldan jalb qilish ko‘p vaqt (mutaxassislarga yuqori talab) va xarajatlarni talab qiladi. Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda avtomobilsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarning amalga oshirilishi sanoat korxonalarining kadrlar bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish va butun mintaqa uchun soha mutaxassislarini tashkil etish imkonini beradi. Mamlakatimizda avtomobilsozlik korxonalarining ko‘pligi yosh mutaxassislarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi va yuqori texnologiyali sanoatda raqobatbardosh mutaxassislarning keng qatlamini yaratadi.

Avvalroq, Italiyada o‘tkazilgan dastlabki muzokaralarda 2023 yilda Toshkentda italiyalik hamkorlar ko‘magida “Shahar infrastrukturasida avtomobil intellektual tizimlarini o‘rganish uchun laboratoriya” tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga Italiyaning professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari jalb etiladigan “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” (Industrial manufacturing technologies) kasb-hunar ta’limining yangi yo‘nalishini ochish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Ushbu ta’lim dasturi 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ta’lim dasturida 150 nafar talaba qabul qilinadi. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Andijon mashinasozlik institutida yangi ta’lim dasturi joriy etiladi. Umuman olganda, 2026 yilgacha “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dasturi bo‘yicha talabalar sonini 10 ming nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

www.uzavtosanoat.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: