Sergelida yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir qismi quladi

O‘zbekiston 07:25 / 23.05.2022 9536

Tuman hokimligi rasmiy xabariga ko‘ra, Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotida joriy yilning 21-24 may kunlari kuchli shamol esishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. 

“Shu bilan birga, mazkur hudud bo‘ylab ushbu devor ortida katta ochiq maydon bo‘lgani sababli, shamolning bir qancha kuchli bo‘lganligi kuzatildi”, deyiladi rasmiy izohda.

Qayd etilishicha, Sergeli tumani hokimligi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kamchilik pudratchining devorni mustahkam o‘rnatmagani bilan bog‘liq bo‘lgani sababli pudratchi devorni o‘z hisobidan ta’mirlashga kirishgan.

Sergeli tuman hokimligi tumanni obodonlashtirish hamda bu kabi kamchiliklarni aniqlashda faol bo‘lgan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: