Samsung kompaniyasi The Freestyle portativ proyektorlariga oldindan buyurtma olishni yakunlamoqda

Jamiyat 19:44 / 23.05.2022 7764

Samsung kompaniyasining The Freestyle portativ proyektoriga O‘zbekistonda oldindan buyurtma berish aksiyasi tugashiga sanoqli kunlar qoldi. 25 maygacha buyurtma berishga ulgurgan xaridorlarni ajoyib sovg‘alar – proyektor uchun g‘ilof va Galaxy Tab A8 plansheti kutmoqda.

Taassurotlar olamiga marhamat

The Freestyle aqlli proyektori yordamida istalgan joyda kinoteatr tashkil qilishingiz mumkin. Ushbu yangi mahsulot ekranni bir xil rangdagi deyarli har qanday yuzalarda ko‘rsatish imkonini beradi.

Birgina harakat bilan qurilma korpusi proyeksiyani devordan shiftga yoki stolga ko‘chirib, 180°ga aylanadi. Tasvirning maksimal diagonali – 100 dyuym (yoki 2,54 m). Biroq tasvirni qanchalik kattalashtirmang, uning sifati yuqori FullHD sifatida qolaveradi.

360° ga yo‘naltirilgan va hodisalarga to‘liq sho‘ng‘ish effektini yaratuvchi o‘rnatilgan dinamikning keng ko‘lamli tovushi sizni yoqimli ajablantiradi. Badiiy filmlar, sport musobaqalari, futbol, arxiv videolari – The Freestyle ekranda namoyish etilayotgan tasvirdan bahra olish imkonini beradi.

Proyektorda barcha SmartTV funksiyalari mavjud bo‘lib, onlayn servislar va brauzer bilan ishlay oladi. Boshqarish uchun esa bor-yo‘g‘i smartfon yoki planshet kerak bo‘ladi. Endi proyektorga ulanish uchun simlar yoki qo‘shimcha o‘tkazgichlarga ehtiyoj yo‘q.

The Freestyle tashqi akkumulyatordan quvvatlanib ishlashi ham mumkin. Mobil, yengil va ixcham – proyektorni istalgan joyga o‘zingiz bilan birga olishingiz mumkin!

The Freestyle proyektoriga oldindan buyurtma berganlar uchun yoqimli bonuslar

 

Agar The Freestyle proyektorini xarid qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shoshilishni maslahat beramiz. Birinchidan, proyektor soni kundan kunga kamayib bormoqda. Ikkinchidan, portativ proyektorga 25 maygacha oldindan buyurtma bergan taqdiringizda, Samsung kompaniyasi sizga katta bonus sifatida taqdim qiladigan sovg‘alardan quruq qolmasligingiz uchun. Sovg‘a deganda, The Freestyle proyektori uchun g‘ilof va yangi Galaxy Tab A8 plansheti nazarda tutilmoqda.

  • Yumshoq rezinadan tayyorlangan g‘ilof proyektorni chang va namdan, proyektor linzalarini esa – qirilish va shikastlanishlardan himoya qiladi. Qayerga yo‘l olmang, g‘ilof ichidagi qurilmadan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.
  • Ixchamgina Galaxy Tab A8 plansheti yuqori ish samaradorlikka ega bo‘lib, uzoq muddat davomida ishlaydi. Qurilma sevimli kontentingizni ko‘rish uchun juda qulay bo‘lib, The Freestyle yordamida endi uni katta ekranga ko‘chirish imkoni paydo bo‘ladi.

Muhim: aksiya butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab amal qiladi, proyektorlar va sovg‘alar soni cheklangan.

Yangi The Freestyle proyektorining barcha imkoniyatlari bilan Samsung kompaniyasining rasmiy veb-sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

 Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: