Samarqandda avtoustaxonada chiqqan yong‘inda ikkita mashina yonib ketdi

O‘zbekiston 12:23 / 23.05.2022 709

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 may kuni soat 13:13 da Samarqand-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tumanidan o‘tuvchi qismida joylashgan “Osoyish” MChJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng yong‘inni o‘chirishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular voqea joyiga soat 13:20 da yetib borgan va soat 14:19 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida ustaxonaning taxminan 80 metr kvadrat maydonida shift, tom qismi va ustaxona ichida bo‘lgan Lacetti mashinasining salon qismi hamda Jiguli mashinasining shina, motor va salon qismi yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: