Unda ishlab chiqarish, bank, IT, konsalting, qurilish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi 50 ga yaqin yirik kompaniya va tashkilotlar ishtirok etdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin, ya’ni “O‘zbekistonning eng iqtidorli kompaniyasi” sovrini “Asakabank” AJning quyidagi tarkibdan iborat jamoasiga nasib etdi:
1. Sardor Ismailov – Loyiha ofisi boshlig‘i;
2. Otabek Haqberdiyev– Loyiha ofisi boshlig‘i o‘rinbosari;
3. Zulfira Sadyrbayeva – Loyiha ofisi bosh menedjyeri;
4. Sergey Dergachev – Savdoni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i;
5. Amin Semmari – MHXS (moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari) bo‘limi boshlig‘i;
6. Abdulaziz Muminov – Xodimlarni boshqarish departamenti bosh menedjyeri.
Business Quiz – bu intellektual musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar moliya, menejment, marketing va O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha turli savollarga javob berishdi. Bu esa “Asakabank” jamoasi nafaqat bank sohasida, balki boshqa sohalarda ham o‘z bilimlarini namoyon etganini anglatadi.
Reklama huquqi asosida