Eronning Huziston viloyatida 10 qavatli bino qulab tushishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Mujtabo Xolidiy ma’lum qildi.
Ma’lumot berilishicha, gap Obodon shahrining Telenji Amiriy kvartalidagi «Obodon Metropol» biznes-markazida qurilayotgan bino haqida bormoqda.
Xolidiyning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vayronalar ostida 80 kishi qolgan deb taxmin qilinmoqda.
Bino egasi va pudratchisi hibsga olingan.