Buxoro – Xiva poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 07:48 / 23.05.2022 6302

Qayd etilishicha, poyezd Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14 da yo‘lga chiqadi va Xiva shahriga 18:33 da yetib keladi. Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da Xiva temiryo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va soat 14:36 da Buxoro temiryo‘l vokzaliga yetib boradi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Bundan oldin Buxoro va Xiva shaharlari o‘rtasida tezyurar Afrosiyob poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.

Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilayotgan 162 million dollarlik kredit hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: