Toshkentda Tracker va Cobalt to‘qnashdi

Jamiyat 08:56 / 22.05.2022 13439

Toshkent shahrida Tracker o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi.

YHXX xabar berishicha, 2022 yil 17 may kuni soat 18:00 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida haydovchi I.A. Tracker rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamagani oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi R.M. boshqaruvidagi Cobalt avtomobiliga to‘qnashgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: