O‘zbekistonda 23 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston 15:15 / 22.05.2022 13021

Respublika Gidrometeorologiya markazi 23 may, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lib, do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: