Qashqadaryo va Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di

O‘zbekiston 12:00 / 22.05.2022 22946

Kecha tunda havo haroratining pasayishi tufayli Qashqadaryo va Jizzax viloyatining bir qator tog‘li hududlarida qor yog‘gan. 

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod va Kitob tumanlarida va Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan tog‘larda qor tushgan. 

Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tumandagi tog‘larda yog‘gan qor yerlarni oppoq qilgan. 

Zomin tog‘larida esa ayni damda ham qor yog‘ayotgani ma’lum qilinmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanining tog‘li Denovbolo qishlog‘ida qor yog‘gani tasvirlangan foto tarqaldi.

O‘zgidromet bugun O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati 7-12 daraja issiq bo‘lishini xabar berdi. Bunday ob-havo may oyining uchinchi choragi uchun noodatiy hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: