Qozog‘istonning Chimkent shahrida futbol uchrashuvi vaqtida kuchli shamol sababli stadion tomi maydon chetiga uchib tushdi. Bu haqda RIA Novosti Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, kuchli shamol Hojimuqon stadioni asosiy binosining 400 kvadrat metrga teng tomini qo‘porib yuborgan.
Shamolning tezligi soniyasiga 20 metrga teng bo‘lgani aytilmoqda.
“Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q", - deyiladi boshqarma xabarida.