Kiyev rossiyalik harbiy asirlarni «Azovstal»ni tark etgan askarlarga alishtirishga tayyor - Zelenskiy

Jahon 22:40 / 21.05.2022 16813

Ukraina «Azovstal» kombinatidan olib chiqilgan ukrainalik askarlarni rossiyalik harbiy asirlarga alishtirishga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Azovstal» kombinatidan olib chiqilgan tinch aholi va askarlarni qutqarish bo‘yicha hamkor mamlakatlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Turkiya, Shveytsariya, Isroil va Fransiya rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazildi, dedi Zelenskiy. 

Zelenskiyning eslatishicha, «Azovstal»dagi askarlar olib chiqilganidan so‘ng Kiyev ularni rossiyalik harbiy asirlarga alishtirishni kutgan va bunga tayyor. 

«Biz ularni uyga qaytaramiz», -dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Kiyev nizo tugashi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini ta’kidladi.

«Urush – qiyin, g‘alaba ham juda qiyin bo‘ladi, u qonli bo‘ladi, ammo yakuni diplomatiyaga bog‘liq», - dedi Zelenskiy.

Ko‘proq yangiliklar: