O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “IMKON” savdo markazi Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, Namangan viloyati Norin tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida hamda Andijon viloyati Marxamat tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan “IMKON OLIMPIADASI” tanlovini o‘tkazdi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan hududlarning har birida 50-60 nafardan ziyodroq o‘quvchilar tanlovda qatnashib, o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad: o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasidagi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Barcha hududlardagi “IMKON olimpiadasi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Natijalar shu kunning o‘zidayoq ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra:
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida o‘tkazilgan “IMKON OLIMPIADASI” g‘oliblari:
1-o‘rin sohibi: 39-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Islomjon Rahmonov va uning o‘qituvchisi Nilufar Ahmedova.
2-o‘rin sohibi: Xorijiy tillarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi Izzatbek Abdulhamidov va uning o‘qituvchisi Ostonqul Mirzayev.
3-o‘rin soxibi: 32-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Hojimurod Zaylobiddinov va uning o‘qituvchisi Jahongir Saydaliyev.
Namangan viloyati Norin tumanida o‘tkazilgan “IMKON OLIMPIADASI” g‘oliblari:
1-o‘rin sohibi: 14-DIMI o‘quvchisi Doniyor Tursunboyev va uning o‘qituvchisi Elyor Parpiyev.
2-o‘rin sohibi: 44-maktab o‘quvchisi Ne’matov Dilshodbek Abdusattor va uning o‘qituvchisi Anvarxon.
3-o‘rin sohibi: 13-maktab o‘quvchisi Madina Mo‘ydinova va uning o‘qituvchisi Rashidbek Mahmudov.
Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘tkazilgan “IMKON OLIMPIADASI” g‘oliblari:
1-o‘rin sohibi: 3-DIMI o‘quvchisi Sarvarjon Ergashev va uning o‘qituvchisi Maxsuma Ismoilova.
2-o‘rin sohibi: 31-DIMI o‘quvchisi Fayzulloh Valiyev va uning o‘qituvchisi Mansurbek Toshmatov.
3-o‘rin soxibi: 38-maktab o‘quvchisi Husanboy Olimjonov va uning o‘qituvchisi Dilrabo Fayziyevalar bo‘ldi.
Barcha g‘oliblar va ularning ustozlari “IMKON” savdo markazi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“IMKON” savdo markazi barcha ishtirokchilarga kelgusidagi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaydi va “IMKON OLIMPIADASI”ni butun Respublika miqyosida ham o‘tkazishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: “IMKON” savdo markazi 10 yildan buyon xaridorlarga 5000 turdan ortiq maishiy texnikalar, mebellar, avtoehtiyotqismlar, sport anjomlari, elektronika buyumlari, oshxona jihozlarini muddatli to‘lov asosida taqdim etib kelmoqda. Buning uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi. Markazning 18 ta filiali respublika bo‘ylab faoliyat yuritmoqda.
“IMKON” savdo markazi butun respublika bo‘ylab shiddat bilan kengayishda davom etmoqda. Yaqin kunlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani hamda Jizzax viloyati Jizzax shaharlari aholisi uchun ham o‘z eshiklarini ochadi.
Reklama huquqi asosida