Qalbaki BFQ mahsulotlar tayyorlanayotgan xonadon egalariga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat 11:59 / 20.05.2022 11581

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Avicenna's Lab kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bu tadbirda xonadonda tashkil etilgan yashirin sexda 100 dona “Androgard” (250 ming so‘mdan) va “Al Hadaya” (150 ming so‘mdan) nomli mahsulotlar tayyorlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu mahsulotlar korxona laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning soxta ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi Termiz shahar boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 

Bu kabi holatlar fuqarolarning biologik faol qo‘shimchalarga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Avicenna's Lab kompaniyasi mahsulotlar sifatiga katta e’tibor qaratadi va sertifikatlanmagan, tarkibi ishonchsiz bo‘lgan mahsulotlar savdosiga qarshi kurashadi.

Byuti Vit, Androgard, Lactovita  mahsulotlarining qalbaki nusxalariga duch kelganda +998 71 207 45 95 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabar berish tavsiya qilinadi. Avicenna’s Lab mahsulotlarini faqat kompaniya mutaxassislaridan yagona aloqa markazlari orqali xarid qilishingiz mumkin.

Avicenna's Lab – aholi salomatligi uchun doim xizmatda.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: