O‘zbekistonda 2022 yil dastlabki 4 oyida egizak bolalar tug‘ilishi bo‘yicha raqamlar hududlar kesimida ma’lum qilindi. Bu haqda FHDYo organlarining qaydlariga asoslanib, Adliya vazirligining “Davlat xizmatlari” Telegram-kanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bu davrda:
- 3 nafar ayol – 4 nafardan
- 43 nafar ayol – 3 nafardan
- 3084 nafar ayol – 2 nafardan farzand ko‘rgan.
4 oy davomida eng ko‘p egizaklar Samarqand viloyatida tug‘ilgan – 354 nafar. Farg‘ona viloyatida 347 nafar, Toshkent shahrida 328 nafar, Qashqadaryo viloyatida 303 nafar egizak dunyoga kelgan.
Aholisi nisbatan kam Sirdaryo viloyatida 84 nafar, Navoiy viloyatida 104 nafar egizak tavallud topgan.
“Davlat xizmatlari” kanalidagi boshqa bir xabarda, DXMlarga aholi vakillarining kelishi bo‘yicha o‘rganishlar natijasi haqida ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra:
- Soat 09:00dan 12:00gacha ko‘p;
- 12:00dan 16:00gacha o‘rtacha;
- 16:00dan 18:00gacha kam odam DXMga murojaat bilan keladi.
Avvalroq, Toshkent shahri ayollar soni erkaklarnikidan ko‘proq bo‘lgan yagona hudud ekani ma’lum bo‘lgandi.