Coca-Cola’dan FIFA World Cup™ Trophy Tour: FIFA™ Jahon kubogi Toshkentga kelmoqda

Jamiyat 20:00 / 19.05.2022 9460

Coca-Cola va FIFA barcha futbol muxlislarini ushbu eng nomdor futbol ramzini tomosha qilish va butun jahonda intiqlik bilan kutiladigan eng yirik sport tadbiri – FIFA 2022™ – futbol bo‘yicha jahon chempionatining chinakam sehrini his qilishga chorlaydi.

Minglab kishilar uchun bu tadbir futbol bo‘yicha jahonning eng mashhur ramzini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, o‘yin haqidagi jo‘shqin hissiyotlarini o‘rtoqlashish imkoniyatini taqdim qiladi. 

Afsonaviy FIFA World Cup™ kubogi FIFA elchilari, o‘tgan yillardagi FIFA Jahon chempionati g‘oliblari hamrohligida O‘zbekistonga keladi.

Joriy yilning 12 may kuni Coca-Cola FIFA™ Jahon kubogi mamlakatlar bo‘ylab beshinchi safari uchun Birlashgan Arab Amirliklaridan jo‘nab ketdi va 51 futbol mamlakatiga tashrif buyuradi. Ilk bor, kubok-tur futbol bo‘yicha jahon chempionatida qatnashish imkoniyati qo‘lga kiritgan 32 mamlakatning barchasiga tashrif buyuradi. FIFA Jahon kubogi sayohati 2030 yilgacha FIFA tashkilotiga a’zo 211 mamlakatiga tashrif buyurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Mazkur kubok-tur Toshkentga tashrifi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

 "Ushbu beshinchi safarga O‘zbekistonni butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislari uchun umid va ishonch ramzi bo‘lgan kubok tashrif buyuradigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritishga qaror qildik. Biz eng futbolning eng kata sovrini — FIFA™ Jahon kubogining eng kutiladigan sovrini bilan O‘zbekiston muxlislari bilan uchrashuvini kutmoqdamiz va ular afsonaviy kubokni ko‘rib va u bilan suratga tushgan paytda haqiqiy sehrini his qilishlariga ishonchimiz komil. Bu safar kubokning sayohati #beliyevingismagic (#ishonchbumojiza) xeshtegi ostida bo‘ladi, chunki biz ishonganimizda haqiqiy sehr sodir bo‘ladi,- dedi Murat Serkan Dilek, Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili, - O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi uchun mazkur tadbir hamkoriga aylanish katta sharafdir, - joriy yilda furbol bo‘yicha FIFA™ jahon chempionatining afsonaviy timsoli asl nusxasini futbol muxlislariga o‘zgacha ruh, ilhom va rag‘bat bag‘ishlash uchun Toshkent shahriga olib kelayotganimizdan g‘oyatda mamnunmiz".

"Coca-Cola tashkil etayotgan FIFA World Cap™ xalqaro kubok-turi O‘zbekiston futbolining 110 yilligi nishonlanayotganida kelishi ramziy ma’noga ega. 1994 yilda O‘zbekiston Osiyo Futbol Konfederatsiyasining (OFK) va Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining (FIFA) teng huquqli a’zosiga aylanib, eng nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur tadbir yoshlarimizni ulkan zafarlar sari ilhomlantiradi. Bizning salohiyatimiz juda katta, uni ro‘yobga chiqarish uchun esa kishi o‘ziga ishonishi juda muhim. Muxlislarimizga unutilmas lahzalarni taqdim etgani uchun Coca-Cola kompaniyasidan minnatdormiz", - deb ta’kidladi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov.

Butun MDH mamlakatlari orasidan O‘zbekiston mazkur kubok bu yil olib kelinadigan yagona davlat hisoblanadi. 

Asl FIFA™ Jahon kubogi futbol afsonalari, 1998 va 2010 yil Jahon chempionati g‘oliblari Kristian Karembeu va Karles Puyol mazkur kubokka hamrohlik qiladilar.

4000 nafardan ziyod kishi futbol tarixidagi eng buyuk timsol oldida turib, u bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Coca-Cola tashkil etayotgan FIFA Woorld Cup™ xalqaro kubok-turi o‘zi tashrif buyurayotgan mamlakatlarda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga oid harakatlarni rivojlantirishga intiladi. Toshkentda o‘tkaziladigan tadbir davomida yig‘ilgan butun PET plastmassa qayta ishlashga yuboriladi.

Coca-Cola kompaniyasi FIFA bilan 1976 yildan buyon yaqindan hamkorlik qilib keladi va 1978 yildan futbol bo‘yicha FIFA™ jahon chempionatining rasmiy homiysi hisoblanadi. Coca-Cola 1950 yildan beri jahon chempionatlari o‘yinlari o‘tkazilgan har bitta stadionida o‘z reklamasini joylashtirib, barcha pog‘onalarda futbolni har doim qo‘llab-quvvatlab keladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: