“So‘nggi marta davolanish uchun borganimda shifokorlar qornimda suv yig‘ilganini aytishdi. Tekshiruvlardan keyin menda jigar sirrozi tashxisi qo‘yildi. Bir darddan davolanishga borib yana bir og‘ir darddan davolanishga o‘tib ketdim. Avvalgi kasalim bunisining oldida hech narsa bo‘lmay qoldi”, — deydi bemor.
Hozir unga zudlik bilan jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazish tavsiya qilingan. Ammo uning hayotini saqlab qoluvchi bu operatsiya xorijda o‘tkaziladi va katta mablag‘ talab qiladi. Bemor hozir operatsiya xarajatlari va unga o‘z jigarining bir parchasini berib hayotini asrab qoladigan donorga muhtoj.
“Turmush o‘rtog‘imdan ayrilib qolishdan qo‘rqaman. Hozir xayolim uning tuzalishida. Yolg‘iz o‘g‘lim nima qilishini bilmaydi, otasining ahvolini ko‘rib chorasiz qolgan.
Bu kasallik yashirin bo‘larkan. Bilganimizda avvalroq davolatardik. Bunchalik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdik”, — deya kuyunadi bemorning turmush o‘rtog‘i Dilafro‘z Sulaymonbekova.
Xayr-saxovat egalariga ulkan mukofotlar borligini unutmaylik. Shundaylar qatorida bo‘lishni istaganlar esa bu imkonni qo‘ldan chiqarishmaydi.
Sherbek Sulaymonbekovga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0610 6330 8943 Sherbek Sulaymonbekov nomida
Humo: 9860 1901 0178 9229 Sherbek Sulaymonbekov nomida
Viza: 4195 2500 4820 3432 Sherbek Sulaymonbekov nomida