Mariya Stroyevaning "Muvaffaqiyat kimyosi"

Jamiyat 12:06 / 16.05.2022 9563

Afsonaga ko‘ra, Dmitriy Mendeleyev tushida kimyoviy elementlar jadvalini ko‘rgan. Omadmi, yoki tasodifmi? Aslo yo‘q: buning oldida buyuk olimning uzoq davom etgan mashaqqatli mehnati turadi. Mundoq olib qarasangiz, bizning hayot yo‘llarimiz ham tasodifiy emas. Ba’zida odam boshqa ishni orzu qilmaydiganga o‘xshaydi, lekin uni topganida, u haqiqiy drayvni aynan shu joyda boshdan kechirishi mumkinligini anglab yetadi. Bu Beeline Uzbekistan brendini rivojlantirish va marketing kommunikatsiyalari xizmatining rahbari Mariya Stroyevaning yo‘li. U kompaniyaga o‘zi uchun kutilmaganda kelgan, deyish mumkin. Lekin u mutlaqo o‘z joyiga tushgani aniq edi. Kompaniyaning 15 yilligi munosabati bilan u eng yaxshi xodimlardan biri sifatida oltin nishonga sazovor bo‘ldi. Demak, bu voqealarning barchasi shunchaki tasodif bo‘lmagan.

Taqdirli sayt

Ko‘p hollarda, masalan, do‘konga borish butun hayotingizni o‘zgartiradimi? Unday bo‘lmasa kerak. Ammo Mariya Stroyevada shunga o‘xshash narsa bo‘lgan. Butun voqea u uydagi Internet-provayderini o‘zgartirishiga qaror qilganidan boshlangan. Ma’lumot olish uchun u shunchaki beeline.uz saytiga kirgan va tasodifan bo‘sh ish o‘rinlari yorlig‘iga e’tibor qaratgan. O‘sha paytda u brend menejyer bo‘lib ishlagan, u ishini o‘zgartirishni rejalashtirmagan ham edi, lekin shunchaki qiziqish uyg‘ongan: Beeline’da kimlarni qidirishmoqda ekan? Birinchilardan bo‘lib ro‘yxatda marketing kommunikatsiyalari guruhining rahbari lavozimiga vakansiya turar edi. Qiziquvchanlik tufayli Mariya shablon anketasini to‘ldirdi. O‘sha kuniyoq telefon jiringlab, uni suhbatga taklif qilishgani uni rosa hayratlantirgan!

Mariya o‘sha intervyuni hech qachon unutmaydi: u nafaqat to‘rt soat davom etgan, balki mahalliy rahbarlardan tashqari xalqaro kompaniyaning top-menejyerlari ham videohavola orqali bog‘lanishgan! Beeline Uzbekistan ofisidan faqat kechki soat to‘qqizda chiqib ketarkan, Mariya uni unchalik yuqori bo‘lmasa-da, har holda rahbarlik lavozimiga taklif qilishlariga ishonchi komil emasdi. Biroq uning nomzodi kompaniyaga to‘liq mos keldi. Ishga qabul qilish haqidagi qaror ertasi kuni chiqqan. “O‘shanda men maosh haqida, har bir xodim kompaniyamizga ishga kelganida oladigan ba’zi imtiyozlar haqida o‘ylamagan ham edim. Fikrlarim faqat bir narsada edi: ular meni chaqirishdi, demak men ko‘p narsaga qodirman! – deya Mariya Stroyeva o‘sha ondagi his-tuyg‘ularini eslaydi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Aytgancha, Mariyaning birinchi ish kuni ham g‘ayrioddiy tarzda o‘tdi. To‘g‘rirog‘i, bu birinchi ish oqshomi bo‘lgan. Oldingi jamoadan ishlarni qabul qilish uchun u ofisga soat 18:00 dan keyin kelar edi — kun davomida esa u eski joyda «ishlarni tugatishi» kerak edi. Ammo 2011 yilning 22 sentabr kunida Mariya rasman Beeline Uzbekistan xodimiga aylangan.

Foto: Beeline Uzbekistan

Vaqt o‘zicha o‘tganda

Mariya Stroyeva Beeline’ga guruh rahbari lavozimida qo‘shildi. Ammo jamoaga endigina kelib qo‘shilgan va o‘sha paytda jiddiy boshqaruv tajribasiga ega bo‘lmagan odam uchun bu nimani anglatadi? Avvalambor barcha jarayonlarga o‘zi kirishishi, o‘z xatti-harakatlari tufayli muhim loyihalarni sekinlashtirmasligi uchun qanday ishlashni o‘rganishi kerak edi. Bu “global tartibsiz” ish kuni davri edi, chunki doim ofisda kechgacha qolib ketishga to‘g‘ri kelgan. Ammo qat’iyat va, albatta, hamkasblarning yordami o‘z ishini qildi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Sevimli «bolalarim»

Yangi tariflar, qo‘shimcha xizmatlar, abonentlar uchun aksiyalar... “Beeline Uzbekistan” marketing jamoasi bozorga qancha mahsulot chiqarganini hisoblash qiyin. Va har bir loyiha o‘ziga xos aksiya bilan birga bo‘ldi. Eng yaxshi yoki eng yorqin loyihani ajratib ko‘rsatsa bo‘ladimi? Mariya buni prinsipial jihatdan rad etadi: “Bu bolalarning qaysi biri eng sevimli ekanini aytishga o‘xshaydi. Barchasi sevimli! Har safar ishingizga 100% o‘zingizni bag‘ishlaysiz”.

Bunday fikr sub’yektiv bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo marketing ish faoliyatini baholashning aniq tizimiga ega. Har bir loyiha analitik tadqiqotlar bilan birga olib boriladi, hamma narsa o‘lchanadi: mijozlarning mahsulot haqidagi tasavvurlari, ularning ijodkorlik haqidagi tushunchasi, media-kampaniyalarning samaradorligi, boshlangan reklama aksiyalarining daromadga ta’siri. Shunday qilib, Mariya Stroyevaga oltin mukofot juda obektiv mezonlar bo‘yicha topshirildi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Fan va san’at

 Albatta, hayot faqat g‘alaba va quvonchlardan iborat emas. Mariya ham qiyin bosqichni boshdan kechirgan: uning eng yaqin insonining kasalligi olti yil davom etgan, tom ma’noda har kuni uning salomatligi uchun kurashda o‘tgan. Har qanday vaziyatda jamoa yengish uchun yordam bergan. “Men hamkasblarim va rahbarlarimdan cheksiz minnatdorman. Men ularning birortasini ham nomini alohida ta’kidlamayman, chunki bu qolganlarga nisbatan noto‘g‘ri bo‘lardi. Lekin hozir kim haqida gapirayotganimni odamlarning o‘zlari tushunadi. Sizlarga tashakkur, azizlarim! Umuman olganda, Beeline’ning kuchli tomoni shundaki, bizning kompaniyamiz kuchli jamoalarni yaratishga qodir, bu yerda boshliqlar va bo‘ysunuvchilar yo‘q – umumiy maqsadlarga ega hamkasblar bor. Va ularning o‘z ishlariga bo‘lgan umumiy muhabbatidir. Va siz o‘zingiz yoqtirgan narsani bajarasiz, bu "muvaffaqiyat kimyosi", deydi Mariya Stroyeva.

Foto: Beeline Uzbekistan

Qanday qilib baxtli bo‘lish mumkin?

 Marketing kommunikatsiyalarida kamdan kam dam olish kunlari ish bilan bog‘liq muammolarni hal qilmasdan, biznes pochtasiga elektron xatlar yoki ZOOM uchrashuvlarisiz o‘tadi. Ammo Mariya uchun bu tanish ritm. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat boshqa turdagi ishlar bu ishlardan chalg‘itishga yordam beradi. Agar u baribir "miyasini dam oldirtirmoqchi" bo‘lsa, ba’zi hiylalarni ishlatadi - tabiatdagi, tog‘lardagi "kuch-quvvat maskanlari"ga tashrif buyuradi. Yoki qizalog‘i Sasha bilan muloqot qilib, "o‘smirlik to‘lqiniga o‘tishi" mumkin. "Bu mening eng yosh dugonam. Uning sevimli mashg‘ulotlari, qiziqishlari, suhbatlari ba’zi narsalarga munosabatimni o‘zgartiradi. Yana, men o‘zim uchun eng yaxshi erkakning sevimli ayoliman. Biz birga baxtlimiz!” — deydi Mariya.

Foto: Beeline Uzbekistan

...O‘n yil muqaddam kompaniya xodimlari o‘zga yurtga ko‘chib ketayotgan bir xodimni kuzatishgan. Hamkasblariga birga o‘tkazgan yillar uchun chin dildan minnatdorchilik bildirganidan so‘ng, u tabassum bilan shuni qo‘shib qo‘ygan: "Beeline’dan keyin yo‘lbarslarni dressirovka qilish mumkin!" Beeline Uzbekistan’ga endigina ishga kelgan Mariya Stroyeva bu so‘zlarni abadiy eslab qolgan. Endi, shaxsiy tajribasiga asoslanib, u ularning asl ma’nosini tushuntirishi mumkin: “Biz bozorda birinchilardan bo‘lib ko‘p narsalarni amalga oshiramiz. Bu katta jasoratni, ba’zan esa tavakkal qilish qobiliyatini talab qiladi, garchi bu xavf ortida har doim aniq hisob-kitoblar tursa ham. Bir so‘z bilan aytganda, siz shunday ishlaysizki, bundan keyin yo‘lbarsning qafasiga kirish ham siz uchun qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Bu kuchni o‘zimda his qila olganimdan xursandman. Albatta, bu sizni uyda o‘rab turgan sokin oilaviy baxt emas, lekin u ham – haqiqiydir. Yosh hamkasblarimga maslahatim: harakat qiling, jasorat qiling, o‘zgarishlardan va innovatsion yechimlardan qo‘rqmang - shunda sizning ishingiz albatta sevimli ishga aylanadi!”

Foto: Beeline Uzbekistan
Ko‘proq yangiliklar: