Finlandiya va Shvetsiya Turkiyaning terrorizmda gumonlanayotgan 33 kishini ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini bajarmadi

Jahon 17:05 / 16.05.2022 6953

Finlandiya va Shvetsiya Turkiyaning terrorizmda gumonlanayotgan 33 kishini ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini bajarmadi, deb xabar berdi TRT telekanali.

Telekanalning ma’lumot berishicha, Turkiya hukumati "Kurdiston ishchi partiyasi va FeTO terrorchilarini topshirishni so‘ragan".

Biroq Helsinki va Stokholm Anqaraning so‘roviga javob bermagan.

Aniqlik kiritilishicha, Turkiya Finlandiyadan Kurdiston ishchi partiyasi va FeTO a’zosi bo‘lgan 12 kishini va Shvetsiyadan 31 kishini ekstraditsiya qilishni so‘ramoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an “Skandinaviya davlatlari terrorchilik tashkilotlari uchun mehmon uyiga o‘xshashi”ni aytgandi. Turkiya ko‘plab turk muhojirlari yashaydigan Shvetsiyani ekstremistik kurd guruhlari, shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiyadagi isyon tashkilotchisi deb e’lon qilgan Fathulloh Gulen tarafdorlariga boshpana berganlikda ayblab keladi.

Ko‘proq yangiliklar: