Ukrainadagi urush bo‘yicha 14 may kunidagi asosiy voqealar:
- Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat urushning yangi bosqichiga kirayotgani, «uzoq davom etuvchi» bu bosqichda milliongacha kishini qurollantirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
- Xarkov meri Rossiya qo‘shinlari shahar atrofidan chekinib, Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlanganini xabar qildi. Bu ma’lumot boshqa manbalar tomonidan ham tasdiqlangan. Xarkov merining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya shaharni besh kundan buyon o‘qqa tutishni to‘xtatgan va shahar aholisi evakuatsiya qilingan hududlaridan qayta boshlagan. Avvalroq nufuzli xalqaro ekspertlik tashkiloti Rossiya Xarkovdagi jangni yutqazganini xabar qilgandi.
- Putin finnlar prezidenti Sauli Niinistyo bilan suhbatda Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi katta xato bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Avvalroq Rossiya Finlandiyaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgandi.
- «Katta yettilik» mamlakatlari qo‘shma bayonot chiqardi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini natijasida yuzaga kelgan chegaralar hech qachon tan olinmasligi aytilgan.
- Ukraina harbiy razvedkasi rahbari urush yakunida Ukraina Donbass va Qrimni qaytarib olishiga shubha qilmayapti.
- Volodimir Zelenskiy Mariupoldagi «Azovstal»dan yarador ukrain jangchilarini evakuatsiya qilish bo‘yicha «juda murakkab muzokaralar» ketayotgani haqida xabar qildi.
- Turkiya ukrainalik askarlarni Mariupoldan 65 kilometr masofada joylashgan, ayni vaqtda rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan Berdyansk shahriga olib chiqib, u yerdan turklar kemasi orqali Istanbulga olib kelish bo‘yicha taklif bildirdi.
Olxovka
Lisichansk
Xarkov
Lvov oblasti
Odessa
Kiyev oblasti
Zaporojye