NATO bosh kotibi: «Urush Rossiya rejasi bo‘yicha kechmayapti, Ukraina g‘olib bo‘la oladi»

Jahon 20:05 / 15.05.2022 10175

Berlinda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Finlandiya va Shvetsiyaning vakillik masalasi hamda Ukrainadagi holat muhokama qilindi. Alyans yetakchisi Stoltenberg uchrashuvda Ukrainadagi voqealar haqida gapirdi.

«Urush Rossiya kutganidek kechmayapti. Ular Kiyevni ololmadi, Xarkovdan ham chekinishyapti, Donbassga yurishlari sekin kechmoqda. Rossiya strategik maqsadlariga erisha olmayapti. Putin Ukraina yengilishini istaydi, ammo Ukraina o‘z yerlarini mardonavor himoya qilmoqda va bu urushda yenga oladi. NATO esa har qachongidan kuchli», deb Stoltenbergning so‘zlarini keltirgan NATO rasmiy sayti.

NATO bosh kotibi alyansga a’zo davlatlarni Ukrainani qo‘llashda davom etib, imkon qadar harbiy yordamni oshirishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: