Mariupol hukumati Rossiyani «Azovstal»ga qarshi fosforli o‘q-dorilar qo‘llashda aybladi (video)

Jahon 16:41 / 15.05.2022 12459

Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning da’vo qilishicha, rossiyalik harbiylar Mariupoldagi «Azovstal» kombinati himoyachilariga qarshi oq fosforli o‘q-dorilar qo‘llagan.

Andryushchenko telegram-kanalida 14 may kuni «Azovstal» mudofaachilariga qarshi BM-21 «Grad» tizimlaridan MZ-21 yondiruvchi raketa snaryadlari (indeks 9M22S) otganini aytgan.

Andryushchenko telegram-kanalida «Azovstal» o‘qqa tutilishi aks etgan videoni joylashtirgan.

Oq fosforli o‘q-dorilar qo‘llanishi 1949 yilgi Jyeneva konvensiyasiga qo‘shimcha protokol orqali taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: