Belgorod oblastida Ukraina bilan chegaradosh qishloq o‘qqa tutildi. Bir kishi yaralandi

Jahon 16:21 / 15.05.2022 6628

Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov telegram orqali Shebekinskiy shahar okrugidagi Sereda qishlog‘i «Ukraina hududidan turib» o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.

«Tinch aholi vakillaridan bir kishi yaralangan, u snaryad parchasidan jarohat olgani qayd etilgan. Unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi», — degan region rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon ikki mamlakat chegarasi bo‘ylab joylashgan rus aholi punktlari bir necha marta zarbalarga uchradi.

Ko‘proq yangiliklar: