Sirdaryoda fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib pul olgan kadastr muhandisi ushlandi

Jamiyat 13:33 / 14.05.2022 697
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Davlat kadastrlar palatasining Guliston shahar filiali kadastr muhandisi O.I. fuqaro S.ning Guliston shahar, Bahor mahallasidagi uyining kadastr hujjatlarini shakllantirib, otasining nomiga rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 300 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: