Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 7 may kuni Nishon tumanida joylashgan 42-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tuman hududidan o‘tgan kanalga cho‘milgani borishgan.
Cho‘milish jarayonida 9-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketgan. Shundan so‘ng uning sheriklari darhol bu haqda tuman IIB va FVBga xabar berishgan. Qutqaruvchilar cho‘kkan o‘quvchining jasadini suv ostidan olib chiqishgan.
Qayd etilishicha, hozirda o‘quvchi cho‘kib ketishi yuzasidan tuman prokuraturasi va IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.