Portugaliyada Abramovichning qiymati 10 mln yevrolik uyi xatlovga olindi 

Jahon 17:50 / 14.05.2022 5197

Portugaliyaning Algarvi regionida rossiyalik oligarx Roman Abramovichning qiymati 10 mln yevrolik uyi xatlovga olindi, deb xabar berdi Público gazetasi. 

Nashrning ma’lumot berishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan 15 kun avval Abramovich holdingiga qarashli Millhouse Views LLC kompaniyasi bu uyni sotishga uringan, biroq Portugaliyaning Caixa Geral de Depósitos davlat bank korporatsiyasi bu haqda politsiyaga xabar bergan. 

Portugaliya tashqi ishlar vazirligi talabi bilan ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish muzlatib qo‘yilgan. 

Roman Abramovich Yevroittifoq va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Aprel o‘rtalarida Britaniya Jyersi oroli sudi Abramovichning 7,3 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati milliarderning Rivera orolidagi 120 mln dollarlik uyini musodara qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: