Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg sudi Rossiya armiyasi yo‘qotishlari haqida ma’lumotlar e’lon qilishni taqiqladi
Gap Ukrainadagi urushda Rossiya qo‘shinlari ko‘rgan yo‘qotishlar haqida ma’lumot e’lon qilgan to‘rtta xorijiy ommaviy axborot vositasi haqida ketmoqda.

Foto: Felipe Dana / AP
Sankt-Peterburgning Kirov tuman sudi Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida xabar berilgan to‘rtta sayt ma’lumotlarini taqiqlash bo‘yicha da’voni qanoatlantirdi.
301-garnizon harbiy prokuraturasi tegishli da’vo bilan sudga murojaat qilgan. Bu haqda 13 may, juma kuni shahar sudlari qo‘shma matbuot xizmati o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 301-garnizon harbiy prokuraturasi tomonidan internetda taqiqlangan ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Rossiya qonunchiligi qoidalarining bajarilishini tekshirish natijasida, bir qator saytlarda «halok bo‘lganlarning ismi, anketa va shaxsiy ma’lumotlari» e’lon qilingani, bunday ma’lumotlarni istalgan shaxs ko‘rishi mumkin ekani aniqlangan.
Sud to‘rtta saytdagi aniq havolalar haqida ma’lumotni taqiqlangan deb e’lon qildi. Ro‘yxatga Turkiyaning Anadolu agentligi portallari, CNN telekanalining Chexiya xizmati, Ukrainaning logistikaga bag‘ishlangan Logist today loyihasi, shuningdek, Ozarboyjondagi «Zerkalo» nashri kiradi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025