O‘rganishlarning ikkinchi kunida Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari "Dengizko‘l" konida bo‘lib, u yerda “Enter Engeeniring” kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan siquv kompressor stansiyasining 2-navbatini ishga tushirishga qaratilgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Qurilish maydonida Pudratchi kompaniyaning hududiy ish boshqaruvchilari bilan loyihani tezlashtirib ishga tushirishdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tarmoq grafigi ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tezkor muddatlar belgilab olindi.
Shu yerda ushbu hududdagi “Dengizko‘l” suv ko‘tarilishining oldini olish maqsadida ko‘l qirg‘og‘ini ko‘tarib band qilish masalasi joyidan o‘rganilib zarur vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birgalikda, qazib chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan geologo-texnik chora-tadbirlar bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar muhokamasi ham o‘tkazildi va texnologik tadbirlar doirasida tegirmon guruhi konlarini o‘zlashtirish uchun mavjud ichki imkoniyatlardan foydalanilib 33 km uzunlikdagi gaz quvurini qurish loyihasi muhokama qilindi va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ko‘rsatmalar berildi.
“Neftgazmontaj” MChJ rahbariyatiga gaz quvurlarida olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda tugatish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
"Tegirmon" konlari guruhidagi -4, -12, -13 va 7-sonli hamda "Istiqbol" maydonidagi 1-sonli izlov quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari ish joyidan o‘rganib chiqilib, muammoli masallar batafsil muhokama qilindi va Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda tegishli departament boshliqlariga zarur ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish davomida burg‘ilash maydonlarida vaxta usulida faoliyat yuritayotgan ishchilarning yashash sharoitlari ham ko‘zdan kechirilib mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ