“O‘qituvchilar qanchalik ko‘p jamiyat bilan, ota-onalar bilan aloqada bo‘lsa, jamiyat ham ularning mehnatini shuncha ko‘p hurmat qiladi. Ko‘pincha o‘qituvchilarga hurmatsizlik ularning qanday ishlayotganini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Afsuski, ko‘plab ota-onalar uchun maktab hali ham qora quti bo‘lib qolmoqda, chunki maktablar ota-onalar bilan yetarlicha yaqin bo‘la olmayapti. Ta’lim tizimida o‘qituvchilar va jamiyat qanchalik bir biriga chambarchas bog‘liq bo‘lsa, pedagogika ham shunchalik umidbaxsh sohaga aylanib boraveradi”, deydi PISA asoschisi.
Andreas Shlyayxerning misol keltirishicha, o‘qituvchilar maoshi o‘rtacha bo‘lishiga qaramay Estoniyada har 7-8 kishidan biri o‘qituvchi bo‘lish uchun hujjat topshiradi. Hamma davlatlarda ham bunday emas, tanqisliklar mavjud. Buning sababi esa o‘qituvchi mehnati yuzaga chiqara olinmayotgani bilan bog‘liq.
Pandemiya ham ota-onalarga bolalarni o‘qitish qanchalik qiyin ekanligini ko‘rsatdi. Aslida, jamiyatimizdagi eng kerakli kasblardan biri ham o‘qituvchilikdir, lekin buni doim ham bilishmaydi. Pandemiya hukmron payti esa ko‘plab ota-onalar ta’lim jarayoniga aralashdi va ular o‘qituvchilar qanday ishlashini his qildi.
“O‘ylaymanki, oilalar va o‘qituvchilar o‘rtasida qanchalik ko‘p aloqa o‘rnatilsa, o‘qituvchilik kasbining mavqeyi shunchalik ko‘tariladi. Demak, bu – o‘z qo‘limizda. O‘qituvchilik kasbining maqomi o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Bu o‘qituvchilarning mehnati va maktablar faoliyati, so‘ng esa maktablarning jamiyat bilan qay darajada bog‘langanligi natijasida sodir bo‘ladi”, deydi Andreas Shlyayxer.