Muhammad bin Zoid Ol Nahayon BAA prezidenti etib saylandi

Jahon 15:20 / 14.05.2022 20733

ABu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylandi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi. 

U 13 may kuni vafot etgan prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning ukasi hisoblanadi. 

Oxirgi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmagan, mamlakatni boshqarishni Muhammad bin Zoidga topshirgandi. 

Muhammad bin Zoid 1961 yilda Al-Ayn shahrida tug‘ilgan. U ilgari ABu-Dabi ijroiya kengashi raisi va BAA armiyasi bosh qo‘mondoni bo‘lgan. 

BAAda prezident vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: