Latviya 102 nafar Rossiya fuqarosini qora ro‘yxatga kiritdi

Jahon 12:01 / 14.05.2022 6177

Latviya Tashqi ishlar vazirligi 102 nafar Rossiya fuqarosini, asosan rossiyalik madaniyat arboblarini istalmagan shaxs deb e’lon qilib, mamlakatga kirishini noma’lum muddatga taqiqladi. 

Latviya diplomatik idorasining 13 may, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, yangi qora ro‘yxatdagi shaxslar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada harbiy harakatlar boshlash to‘g‘risidagi qarorini faol qo‘llab-quvvatlagan va Rossiyaning bu mamlakatdagi harakatlarini ochiq oqlab kelmoqda.

Boshqalar qatorida, ro‘yxatga aktyorlar Nikolay Burlyayev, Vasiliy Livanov, Vladimir Gostyuxin, Aleksandr Pankratov-Cherniy, Boris Shcherbakov, Boris Galkin, Igor Petrenko, Aleksandr Pashutin, qo‘shiqchi Tatyana Petrova, aktrisa Anna Tixonova, rassom Mixail Poletayev, rejissyor Yuriy Kara, qo‘shiqchi shoir Aleksandr Shaganov, musiqachi Konstantin Bubnov kiritildi. 

Mart oyi oxirida Latviya Tashqi ishlar vazirligi nomaqbul shaxslar ro‘yxatiga Ukrainaga bostirib kirishni qo‘llab-quvvatlagan 25 nafar rossiyalik madaniyat arbobi, jumladan teleboshlovchilar va jurnalistlarni kiritgandi.

Ular orasida Mariya Sittel, Dmitriy Guberniyev, Tina Kandelaki, aktyor Vladimir Mashkov, musiqachilar Nikolay Rastorguyev va Polina Gagarina, rejissyor Nikita Mixalkov bor.  

Ko‘proq yangiliklar: