Janubiy Osetiyada Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha referendum sanasi belgilandi

Jahon 09:52 / 14.05.2022 16401

«Janubiy Osetiya Respublikasi xalqining Rossiya bilan qayta birlashish haqidagi tarixiy istagidan kelib chiqib, Janubiy Osetiya Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qaror qilaman: Janubiy Osetiya Respublikasining «Siz Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyani birlashishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?» degan savol bo‘yicha referendumi belgilansin», - deyiladi farmonda.

Referendum sanasi 2022 yil 17 iyulga belgilangan. 

Juma kuni Bibilov referendum bo‘yicha hujjatlarni Janubiy Osetiya Oliy sudiga yuborgan edi. 

«Bugun MSK Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qo‘shish tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Hujjatlar sudga topshirildi. Biz sud qarorini kutmoqdamiz va katta orzumiz tez orada amalga oshadi», deb yozadi Bibilov o‘zining telegram-kanalida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Janubiy Osetiyani umumiy tarix bog‘lab turadi. «Bu shunchaki sheriklik yoki do‘stlik emas. Bu aka-uka o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar bo‘lib, bunda katta aka doimo tushunib, so‘z va ish bilan qo‘llab-quvvatlaydi, uka esa kattani hurmat qiladi va yordam beradi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi ta’minlash va hamma uchun huquqlar tengligi to‘liq anglab yetilgan. Birlashish vaqti keldi», deydi u. 

30 mart kuni Bibilov Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rishini ma’lum qilgandi. 

Ayni paytda, Abxaziya rahbariyati respublikaning bunday rejalari yo‘qligini ta’kidlagan. «Abxaziyaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqida gap ketmayapti. Abxaziya konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqil davlat deb mutlaqo aniq e’lon qilingan», - deya Abxaziya parlamenti spikeri Valeriy Kvarchiyaning 30 martdagi bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi. 

2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi «besh kunlik urush»dan ko‘p o‘tmay, Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘shandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasini bir necha bor e’lon qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: