Endilikda turli ko‘rinishdagi bank xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan aholi va biznes vakillari, Agrobankning aqlli “Smart Office” xizmatlaridan o‘ziga qulay vaqtda, kunning istalgan qismida foydalanishlari mumkin.
“Smart Office” - aqlli shoxobcha bo‘lib, bank xodimlari ishtirokisiz, 24/7 rejimida faoliyat yuritadi. Bu yerda barcha turdagi bank operatsiyalari avtomatlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadi. Ofisda jami 7 turdagi aqlli qurilmalar orqali turli bank xizmatlarini osongina bajarish mumkin.
Shoxobchaga kartomat, avtomatlashtirilgan depozit mashina (ADM), video-teller mashinasi (VTM), bankomat, infokioska, “Resepshn-Robot” hamda Touchscrean (sensorli ekran) qurilmalari joylashtirilgan.
Ofisda mijozni “Resepshn-Robot” kutib oladi. Robot mijozlarni qiziqtirgan hamma savollarga javob berib, bu yerda amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha xizmat turlari, o‘tkazilayotgan aksiyalar hamda yangiliklar haqida ma’lumot beradi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va qurilmalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida batafsil tushunchalar beradi. Mijozlar o‘zining veb sahifalariga kirib ma’lumotlarini (ushbu robotning ekranida paydo bo‘ladi) olish imkoniga ega bo‘ladi. Robot VIP mijozlarni taniydi.
Kartomat qurilmasi orqali mijozlar bankka tashrif buyurmagan holda HUMO va Visa plastik kartalarini yoki yaroqlilik muddati o‘tgan yoki nosoz bo‘lib qolgan hamda yo‘qolgan shu turdagi plastik kartalarni qayta olishlari mumkin.
Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi (ADM) yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bankka tashrif buyurmasdan onlayn tarzda hisobraqamlariga inkassatsiya qilish, naqd milliy valuta orqali barcha turdagi plastik kartalarni to‘ldirish va Agrobank tomonidan rasmiylashtirilgan kreditga hisoblangan foizlarni naqd milliy valutada to‘lash imkonini beradi.
Video-teller mashinasi (VTM) qo‘shimcha ekran hamda videomaslahat uskunalari bilan jihozlangan, mazkur qurilma orqali mijozlar barcha turdagi bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Jumladan;
- naqd xorijiy va milliy valuta orqali bank plastik kartalarini to‘ldirish;
- xorijiy pul o‘tkazmalar qabul qilish va o‘tkazish;
- omonat rasmiylashtirish, hisobraqamlarini ochish va uni to‘ldirish;
- jismoniy shaxslarga kredit rasmiylashtirish hamda berish; - my.agrobank.uz saytida mavjud barcha xizmat turlaridan foydalanish;
- ushbu bankomatdan foydalangan holda “Call-Centre” da biriktirilgan xodim bilan mijozlarga tushunchalar berish xizmatlari bajariladi.
Bankomat qurilmasi (6683 rusumli) – Uzcard to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, ushbu bankomat orqali:
- naqd milliy valuta olish;
- plastik kartani naqd milliy valutada to‘ldirish;
- naqd xorijiy valutani naqd milliy valutaga ayirboshlash;
- naqd xorijiy valuta orqali so‘m plastik kartani to‘ldirish;
- so‘m plastik karta orqali naqd xorijiy valuta sotib olish mumkin.
Eng e’tiborlisi, mazkur bankomat yordamida plastik karta ishtirokisiz, maxsus kod orqali naqd pul yechib olish imkoni mavjud. Buning uchun smartfoningiz “Agrobank” mobil ilovasiga ulangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ushbu qurilma orqali to‘lovlarni (telefon, internet provayderlar, kommunal to‘lovlar kabi) amalga oshirish mumkin. Bu xizmatlar hozircha faqat Agrobankda mavjud.
Bankomat qurilmasi (5800 rusumli) Humo to‘lov tizimiga ulangan bo‘lib, ushbu bankomat orqali:
- naqd milliy valuta olish;
- plastik kartani naqd milliy valutada to‘ldirish mumkin.
Infokioska qurilmasi orqali mijozlar naqd milliy valutada yoki so‘m plastik karta orqali kommunal, paynet amaliyotlarini bajarish hamda kredit so‘ndirish xizmatlaridan foydalanadi.
Touchscrean (sensorli ekran) qurilmasi orqali internet banking xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
“Smart Office” lar har bir viloyat hamda tuman markazlarida qurilishi rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 170ta shunday shoxobchalarni ishga tushirish maqsad qilingan.
“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ