Durable Beton zavodiga ekskursiyada qurilish va obodonlashtirish sohasida yangi yechimlar namoyish etildi

Jamiyat 15:41 / 13.05.2022 6679

Tadbir doirasida zavodga ekskursiya uyushtirilib, yangi mahsulotlar taqdimoti o‘zgacha tarzda o‘tkazildi. Taqdimotda qatnashgan mehmonlar viktorinada ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini sinab ko‘rishdi. Ular orasida eng ziyrak va hozirjavob mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Durable Stone mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga vibropresslangan tosh qoplamalar (bruschatka) tayyorlash jarayoni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari haqida ma’lumotlar berishdi. Mazkur brend ostida 24 turdan ortiq 6 xil rangdagi tosh qoplamalar (bruschatka) ishlab chiqariladi.

Durable Stone o‘ziga xos xolis xizmatni taqdim etadi:

-        Mutaxassislar tomonidan ta’mirlanadigan maydonni bepul o‘lchash va narxlarni hisoblab berish;

-        Loyihaning 3D ko‘rinishdagi vizual ko‘rinishini yaratish (bepul);

-        Katta maydonni qisqa vaqt ichida tosh qoplamalar bilan bezatish;

-        Mahsulotlarga 10 yillik kafolat.

Durable JBI zavodi qurilish sohasining barcha ko‘rinishlari uchun temir-beton mahsulotlarini taqdim etadi: 

  • Turar joy binolari;
  • Sanoat binolari va inshootlari;
  • Shahar infratuzilmasi;
  • Yo‘l qurilishi.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan mehmonlarga Durable JBI mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimotdan so‘ng barcha ishtirokchilar zavod bo‘ylab ekskursiya qilishdi. Bu yerda temir-beton ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar namoyish qilindi. Xususan, devor halqalari, kanalizatsiya quvurlari va quduqlari, beton ariqlar uchun maxsus plitalar, tom yopish uchun mo‘ljallangan plitalar shular jumlasidandir.

Tadbir qatnashchilari bu yerda istiqbolli hamkorlik va mahsulotlarning  alohida xususiyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Sanoat tadbirida 25ta kapital qurilish sohasida yetakchi kompaniyalardan 72 nafar vakillar ishtirok etishdi. Ularning 12 nafari Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Italiya, Xitoy va Koreya Respublikasidan tashrif buyurishdi.

Durable Beton O‘zbekistonda kapital qurilish va obodonlashtirish sohasini faol rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va yondashuvlarni amalga oshiradi.

Koll-markaz: +998 95 485 55 55

Durable Stone shourum manzili: A. Qodiriy ko‘chasi, Xadra mavzesi, 24-uy.

Durable JBI shourum manzili: Ohangaron yo‘li -2.

E-mail: info@durablebeton.uz

Sayt: durablebeton.uz

Instagram: @durable.beton, @durablestone.uzb, @durable.gbi

Facebook: fb.com/durablebeton.official, fb.com/Durable.gbi, fb.com/durable.stone.official

Telegram: t.me/DurableBeton_official, t.me/Durable_gbi_official, t.me/DurableStone_official

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: