Rossiyada o‘rmon yong‘inlari maydoni bir kunda 4 ming gektarga ko‘paydi

Jahon 13:00 / 12.05.2022 4242

Rossiyaning «Avialesoxrana» federal budjet muassasasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir kun davomida Rossiyada o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 4 ming gektardan oshib, 16 987 ming gektarga yetdi

11 may, chorshanba kuni soat 24:00 holatiga ko‘ra, Rossiya hududida 155ta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi, eng ko‘p jabrlangan beshta mintaqaga Kurgan oblasti (3 791 gektar), Xabarovsk o‘lkasi (2 384 gektar), Irkutsk oblasti (1 875 gektar), Krasnoyarsk o‘lkasi (1 823 gektar) va Sverdlovsk oblasti (1 500 gektar) aylandi. Umuman olganda, Rossiyaning 17 ta hududida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.

«Kun davomida Rossiyaning 25 mintaqasida o‘rmon xizmatlari va jalb qilingan shaxslar tomonidan 9 588 gektar yong‘in bilan qoplangan maydonda 204ta o‘rmon yong‘inlari bartaraf etildi. 

Kaliningrad, Pskov, Kirov, Orenburg, Sverdlovsk, Kurgan, Chelyabinsk, Tyumen, Novosibirsk, Irkutsk, Kemerovo, Omsk, Tomsk, Saxalin, Amur oblastlari, Boshqirdiston, Xakasiya, Buryatiya, Oltoy, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Primore, Baykalorti, Perm o‘lkalari, Yahudiy avtonom okrugida ayrim yong‘in o‘choqlari bartaraf etildi», deyiladi xabarda. 

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlarga qarshi kurashga 7,2 ming kishi, 1,6 ming dona texnika, 69ta kuzatuv va 24ta yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan samolyotlar jalb etilgan. 

Sibir va Uraldagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 730ta turar joy binosi yonib ketdi. 

O‘rmon yong‘inlaridan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlardan biri bo‘lgan Krasnoyarsk o‘lkasi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 7 may kuni sodir bo‘lgan yirik yong‘in qurbonlarining yana to‘rt nafari shifoxonada qolmoqda. 

«Barcha bemorlar tibbiyot xodimlari nazoratida. Mutaxassislar bir bemorning ahvolini barqaror og‘ir, ammo salbiy dinamika yo‘q, deb baholamoqda. Uch nafar bemorning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, ijobiy dinamika kuzatilmoqda», - deyiladi o‘lka Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida. 

Ayni paytda, Tergov qo‘mitasi Krasnoyarsk o‘lkasida sodir bo‘lgan ommaviy yong‘inlar natijasida odamlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelgan va iste’molchilar hayoti hamda sog‘lig‘i talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatishda gumon qilinib, «Rosseti Sibir» - «Krasnoyarskenergo» YoAJning uch nafar xodimi qo‘lga olindi. 

Sibirning qator hududlarida 7 may kuni kuchli shamollar fonida ommaviy yong‘inlar boshlandi. Birgina Krasnoyarsk o‘lkasining o‘zida 60 ta aholi punktida yong‘in sodir bo‘lib, 8 kishi halok bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: