«Rosaviatsiya» Rossiyaning 11ta aeroportiga parvozlar taqiqini 13-marta uzaytirdi

Jahon 13:25 / 12.05.2022 5672

«Rosaviatsiya» Rossiyaning markazi va janubidagi 11ta aeroportga parvozlar bo‘yicha taqiq choralarini 13-marta, bu safar 19 mayga qadar uzaytirdi.

«Rossiyaning 11ta aeroportida parvozlarni vaqtincha cheklash 2022 yil 19 may, Moskva vaqti bilan soat 03:45 gacha (Toshkent vaqti bilan 05:45 - tah.) uzaytirildi. Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don, Simferopol va Elista aeroportlariga reyslar vaqtincha cheklandi», deyiladi agentlik bayonotida. 

Ushbu shaharlarga yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish uchun aviakompaniyalarga Sochi, Volgograd, Mineralniye Vodi, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiyadagi qolgan aeroportlar odatiy rejimda ishlayapti. 

Rossiya hududida parvozlarni cheklash «Rosaviatsiya» agentligi tomonidan 24 fevralda, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlangan kuni kiritilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: