Medvedev NATO bilan to‘qnashuv ehtimoli oshib borayotganini aytdi 

Jahon 14:43 / 12.05.2022 25393

Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z Telegram-kanalida NATO mamlakatlarining Ukrainani qurol bilan ta’minlashi Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini oshirayotganini yozdi. 

«NATOning Ukrainani qurol bilan ta’minlashi, uning qo‘shinlarini g‘arb texnikasidan foydalanishga tayyorlashi, yollanma jangchilarni jo‘natishi va chegaralarimiz yaqinida alyans mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi Rossiyaning NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va oshkora to‘qnashuvi ehtimolini oshirmoqda», — deb yozdi Medvedev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday to‘qnashuvda to‘laqonli yadroviy urushga o‘tish ehtimoli mavjud va bu ssenariy barcha mamlakatlar uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Medvedev shuningdek, G‘arb o‘z harakatlarining oqibatlari haqida o‘ylashi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Aleksey Zaytsev Rossiya Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanmasligini bildirgandi

Ko‘proq yangiliklar: