Kreml Finlandiyaning NATOga kirishini Rossiya uchun tahdid deb atadi

Jahon 17:47 / 12.05.2022 11315

Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya uchun tahdid hisoblanadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Shubhasiz. NATOning navbatdagi kengayishi qit’amizni yanada barqaror va xavfsiz qilmaydi", dedi u. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya bu vaziyatda o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ishlab chiqmoqda.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Finlandiyaning NATOga kirishiga javoban Rossiyaning harakatlari alyans harbiy infratuzilmasining mamlakat chegaralariga qanchalik yaqinlashishidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

"Hammasi bu kengayish jarayoni nimalarda aks etishi, alyans harbiy infratuzilmasining chegaralarimizga qanchalik yaqinlashishiga bog‘liq", - dedi u.

Avvalroq Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va bosh vaziri Sanna Marin mamlakat NATOga kirish uchun tezroq ariza berishi kerakligini aytgandi. Bu boradagi qaror 15 mayda qabul qilinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: