Dushanbeda Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazdi

Jahon 20:50 / 12.05.2022 9179

Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Dushanbe shahrida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishi hamda Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

"Uchrashuvda tomonlar mintaqadagi hozirgi vaziyat va uch tomonlama bayonotlarning bajarilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi", - deyiladi Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Ma’lumot berilishicha, "Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, jumladan, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish jarayoni, barcha transport va kommunikatsiya aloqalarini tiklash, ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasiga erishish" bo‘yicha fikr almashildi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari bilan alohida uchrashuv o‘tkazgandi.

Ko‘proq yangiliklar: