Qozog‘istonda Turkiya bilan hamkorlikda dronlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 

Jahon 18:35 / 11.05.2022 4986

Qozog‘istonda Turkiyaning ANKA zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Türk Havacılık ve Uzay Sanayi AŞ (TUSAŞ) aerokosmik kompaniyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston delegatsiyasining Anqaraga tashrifi doirasida TUSAŞ va Kazakhstan Engineering kompaniyalari o‘rtasida Qozog‘istonda ANKA dronlarini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Dronlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari ham Qozog‘istondagi qo‘shma korxonada olib boriladi.

Qozog‘iston ANKA dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan birinchi xorijiy davlat bo‘ladi.

TUSAŞ bosh direktori Temel Kotil xorijlik hamkorlarning ANKA dronlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.

«Yangi kelishuv qardosh Qozog‘iston bilan do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi», - dedi Kotil.

Ko‘proq yangiliklar: