Peskov Rossiyada harbiy holat joriy etilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Jahon 16:30 / 11.05.2022 11371

Rossiyada yoki mamlakatning alohida regionlarida harbiy holat joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Yo‘q, bunday reja yo‘q", - dedi Peskov jurnalistlarning Rossiya hududida harbiy holat joriy etish rejalashtirilgani to‘g‘risidagi savoliga javoban.

Avvalroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Avril Heyns senatdagi tinglovlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy holat joriy qilishi mumkinligini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada “maxsus operatsiya” boshlanganini e’lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: