Donbassdagi minalangan yo‘llar, Buchadagi harbiy texnikalar qabristoni. Urush suratlari

Jahon 13:33 / 11.05.2022 23386
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Valentyn Ogirenko/Pool via AP

Urushning 77-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar

  • AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga 40 mlrd dollarlik yordam paketini ma’qulladi. Bu paketdan 23,4 mlrd dollarni harbiy yordam, qolganini - gumanitar va iqtisodiy ko‘mak tashkil etadi.
  • Pentagon matbuotga Ukrainaga yetkazib berilgan yoki yetkazib berilishi rejalashtirilgan qurollar ro‘yxatini chiqarib yubordi. Unda «Javelin»lar va kamikadze dronlardan tashqari 7000 dan ortiq o‘qotar qurollar va 50 milliondan ortiq patronlar, shuningdek piyodalarga qarshi minalar, portlovchi qurilmalar, ratsiya va boshqa ko‘plab qurollar joy olgan.
  • BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon tinch aholi vakillaridan 3459 kishi, jumladan 238 bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, mamlakat bo‘ylab o‘z uyini tashlab ketganlar soni sakkiz milliondan oshadi.
  • Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden va Italiya bosh vaziri Mario Dragining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Ukrainaga yordam masalasini, jumladan harbiy yordamni muhokama qilishdi; Dragi tinchlik muzokaralari o‘tkazishga ham chaqirdi.
  • Germaniya kelajakda Rossiya energiya resurslaridan to‘liq va butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba bilan birga o‘tkazilgan anjumanda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qildi.
  • Germaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Hamburg portida qiymati 400 million yevrodan kam bo‘lmagan ikkinchi superyaxtani qo‘lga oldi. Nemis nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, u avval Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan, endi esa unga sanksiyalarga uchragan boshqa rossiyalik milliarder, kelib chiqishiga ko‘ra ozarboyjonlik bo‘lgan Farhod Ahmedov egalik qiladi.

Quyida 10 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar. 

Zaporojye

Ukrainaning eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri bo‘lmish «Zaporojstal»dagi po‘lat erituvchi. Zavod urush xavfini inobatga olgan holda qurilgan. Uning yerosti bunkerlari omon qolish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlangan: oziq-ovqat va suv zaxiralari, elektr generatorlar va o‘tin yoqiladigan pechlar.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaa bataloni shtabida tushlik qilayotgan askar.
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Donbass shimoli 

Maksimilyanovka qishlog‘idagi yo‘lda mina borligi haqida ogohlantirish. Bu yerda Rossiya harbiylari zarbalaridan keyin portlamay qolgan snaryadlar aniqlangan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Maksimilyanovka qishlog‘idagi portlamay qolgan snaryadlarni zararsizlantirishga kirishayotgan sapyor
AP Photo/Evgeniy Maloletka
LXR harbiysi Lugansk oblastining Popasnaya shahridagi bozor hududida. Bozor otishmalar vaqtida yonib ketgan. Shahar hozirda LXR kuchlari nazoratida.
Aleksandr Reka / TASS
Provaslav rohiba Yevdokiya Slavyansk yaqinida, Adamovkadagi rus proslav monastiri o‘qqa tutilishidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra oldida turibdi.
AP Photo/Andriy Andriyenko
Ukrainalik harbiy oshpaz tanaffus vaqtida dala hospitali oshxonasida mashq qilmoqda. Popasnaya
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari otryadi yaralangan askarga shifoxonaga transportirovka qilinishida yordam ko‘rsatmoqda. Lisichansk
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansk yaqinidagi dala maydoniga tushgan snaryad
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning Su-25 samolyoti Rossiya harbiylarining Donetskdagi pozitsiyalarini bombardimon qilib qaytmoqda
AP Photo/Evgeniy Maloletka

Mariupol 

«Azovstal» zavodi  — amalda rossiyaliklar nazoratiga o‘tgan Mariupoldagi so‘nggi mudofaa qal’asi. May oyi boshida hududan tinch aholi vakillari evakuatsiya qilindi. 8 may kuni kombinatni himoya qilayotgan «Azov» polki vakillari «samarali mudofaa uchun barcha resurslar sarflab bo‘lingani»ni ma’lum qildi.
«Azov» polkining yaralangan jangchisi

Xarkov oblasti 

Xarkov atrofidagi Olxovka qishlog‘ida yo‘l bo‘yida yotgan rossiyalik askar jasadi. Ushbu aholi punkti ukrain harbiylari tomonidan qaytarib olingan.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi Saltovka rayonining zarbalardan keyingi ko‘rinishi
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Xarkov oblasti hududida navbatchilikda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Maktab yerto‘lasida yashiringan ayol ibodat qilmoqda. Xarkov, Saltovka
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev

Buchadagi chiqindixonada yotgan rus harbiy texnikalari qoldiqlari
AP Photo/Efrem Lukatsky
Hududiy mudofaa qismi jangchilari Kiyevdagi parkda patrullik qilmoqda.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: