Talaba yoshlar o‘rtasida Coca-Cola Student’s Cup musobaqasi o‘tkaziladi

Sport 17:52 / 10.05.2022 21814

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA va O‘zPFL Coca-Cola bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz» shiori ostida mini-futbol bo‘yicha Coca-Cola Student’s Cup musobaqasini tashkillashtirmoqda.

Turnirda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 116 ta universitet va institut o‘z jamoalari bilan ishtirok etadi.

Musobaqa ikki bosqichda tashkil etiladi. Dastlab jamoalar hududiy bosqichda qatnashadi. Viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jami 13 jamoa Student’s Cup turnirining Toshkent shahrida kechadigan final raundida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Poytaxtning 42 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari esa qolgan 3 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Hududiy bosqich bahslari 13–21 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: